June 6, 2022

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tashkilot manfaatini ko'zlab sudga kiritilgan Da'vo arizasi qanoatlantirildi!

Yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri - yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlashdir

Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Termiz shahar bo'limining fuqaro Quziyev Panji Baratovichga ish vaqtida mayiblanish natijasida to‘langan pensiya pullari bo‘yicha Surxondaryo viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasining 40 683 294 (qirq million olti yuz sakson uch ming ikki yuz to‘qson to’rt) so‘m to‘lovlarni Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Termiz shahar bo‘limiga bir yil davomida to‘lab kelmaganligi sababli, Surxondaryo viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasining qarzdorligini undirish bo'yicha da'vo ariza loyihasi tayyorlanib, sudda tashkilotning mulkiy manfaatini himoya qilindi va Termiz tumanlararo iqtisodiy tomonidan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Termiz shahar bo'limi foydasiga hal qiluv qarori chiqarishga erishildi!