June 28, 2022

Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi!

Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti B.I.Sharipov O’RQ-729-sonli 2021-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirtish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun haqida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari bilan uchrashuvda tushuntirishlar berib o'tdi.

27.06.2022 yil

Jumladan, qonunda kiritilgan qo’shimchalarga to’xtalib o’tib:

-         O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari o’z vakolatlari doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini o’rganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi;

-         O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida milliy ma’ruza tayyorlab Oliy Majlisga taqdim etishi;

-         Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O’zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha milliy kengashi tashkil etilishi;

-         korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish munosabati bilan endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to’g’risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo’lishi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan), kabi yangiliklarni aytib o'tib, Qonuni haqida huquqiy tushuncha berildi.