February 2, 2022

Termiz shahar Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limida targ'ibot

Termiz shahar budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi

2022 yil 2-fevral kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahar yuridik markaz bosh yursikonsultlari B.Sharipov va U.Choriyevlar shahar Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi rahbar va ishchi xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori va yangi chiqqan boshqa qonun hujjatlari bo'yicha targ'ibot tadbirini o'tkazishdi.

Jumladan, qarorda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilishi belgilangan. Bunda reyting baholash quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshirilishi:

- davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi;

- korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;

- davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;

- xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;

- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi.

Reyting baholash tizimi 2022 yil 1-fevraldan boshlab, eksperiment tariqasida, o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga2022 yil 1-iyuldan barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilishi haqida ma'lumot berildi.

2022 yil 2-fevral

Tadbir davomida bosh yuristkonsultlar tomonidan, Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi rahbar va ishchi xodimlariga qarorning mazmun-mohiyati to'g'risida tushuntirishlar va ularni qiziqtirgan savollarga huquqiy javoblar berildi.