August 4, 2022
Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan o'tkazilgan targ'ibot tadbiri!
Joriy yilning 28-iyul kuni Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan shahardagi Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va mazkur qarorga asosan yuridik markazlar xizmat ko‘rsatadigan davlat idoralari soni kengaytirilganligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Tizimdan foydalanish uchun lawyer.ijro.uz saytidan hujjat jo'natish va qabul qilish bo'yicha amaliy ko'rsatmalar berildi.