November 2, 2022

ORTIQCHA QOG‘OZBOZLIKKA BARHAM BERILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi “O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 465-son qaroriga asosan “Tumanlar (shaharlar) sportni rivojlantirish bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari” belgilandi va unga ko‘ra, “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etishda ishtirok etish” funksiyasi olib tashlandi.

Hamda ushbu qaror bilan Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2018 yil 18 maydagi 369-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etildi.

Yana bir bor eslatib o‘tamiz, endi “Ye-huquqshunos” tizimi orqali jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish haqidagi buyruq loyihasiga sport bo‘limining rozilik xati ilova qilinmaydi.

Termiz shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti V.R.Nazarov

02.11.2022y