September 28, 2022

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi, taraqqiyotimiz poydevori

O‘tgan davr mobaynida Respublikamiz iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, islohotlar, qanchadan-qancha bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligi bevosita Konstitutsiyamizga bog‘liqligi, huquqiy fuqarolik jamiyati qurishda hukumatimizning Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlar asosida faoliyat olib borayotganligi, mustaqilligimiz bilan bir qatorda Konstitutsiyamizning qabul qilinganligini ham har yili nishonlanishi bejiz emas, albatta.

Bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizda har qaysi oila va fuqarolarimiz hayotida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, bularning barchasini Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan talab va qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi deb qabul qilamiz.

Konstitutsiyamiz tarixan sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjatdir. Asosiy qonunimiz eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.

Shuning bilan birga Konstitutsiyamizdan xalqimizning uzoq o‘tmish davrlardan buyon shakllanib kelayotgan milliy tafakkuri, muqaddas qadriyatlari o‘z aksini topgan, xalqimiz ko‘nglida ustuvor bo‘lgan adolat, haqiqat, iymon, olijanobliq bag‘rikengliq mardlik kabi ulug‘ xislatlar o‘rin olgan.

Amaldagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan. Konstitutsiya muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Shu kunga qadar resupblika konstitutsiyasiga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 14 ta qonun qabul qilingan.

O‘tgan 2021 yilning 7 noyabr kuni (manba — Sputnik.)  Prezidentimiz qasamyod qabul qilish marosimidagi nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida to‘xtalgan edi.

Jumladan ushbu ma’ruzasida “Shu sababli, avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak”,-deb aytib o‘tgan edi.

Bundan tashqari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bilan tabriklash ma’ruzasida, konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ob’ektiv zarurat yuzaga kelganligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirgan edi. Jumladan Bu, ayniqsa, quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Birinchidan, ilgari amal qilib kelgan «davlat – jamiyat – inson» tamoyilini «inson – jamiyat – davlat» deb o‘zgartirish, uni milliy qonunchiligimiz va huquqiy amaliyotimizda mustahkamlash zarur.

Ikkinchidan, iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta’minlash bosh mezon bo‘lishi kerak. Bu – xalqparvar davlat barpo etishning eng muhim shartidir.

Uchinchidan, «Jamiyat – islohotlar tashabbuskori» degan ezgu g‘oya doirasida Asosiy qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlash ham davr talabidir.

To‘rtinchidan, Bosh qomusimizda oila institutini rivojlantirish, ezgu insoniy qadriyatlarimizni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha konstitutsiyaviy asoslarni belgilab qo‘yishimiz zarur.

Beshinchidan, farzandlarimiz Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida maydonga chiqayotgan bugungi kunda Konstitutsiyamizda yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, o‘g‘il-qizlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlari konstitutsiyaviy darajada o‘z aksini topishi kerak.

Oltinchidan, hozirgi kunda O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish sari dadil bormoqda. Shu sababli «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashning vaqti-soati yetdi, deb o‘ylayman.

Yettinchidan, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari ham o‘z aksini topishi zarur.

Sakkizinchidan, hozirgi vaqtda ko‘plab rivojlangan davlatlar, tabiatdagi global o‘zgarishlarni hisobga olib, o‘z konstitutsiyasiga ekologiyaga oid maxsus boblar kiritmoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham ushbu dolzarb masalaga doir huquqiy normalar ustuvor o‘rin egallashi lozim.

To‘qqizinchidan, Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasi bo‘lmish bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yish ham maqsadga muvofiqdir.

Albatta, Konstitutsiyani yangilashdek g‘oyat muhim, strategik vazifani hal etishda biz yetti marta emas, yetmish marta o‘ylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlashgan holda, yurtimiz va jahondagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganib, aniq qaror qabul qilishimiz zarur.

Asosiy qonunimizning yangi loyihasini tayyorlashimiz, uni umumxalq muhokamasiga qo‘yib, bildirilgan takliflar asosida takomillashtirish, ushbu muhim siyosiy hujjatni 2022 yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nishonlanadigan kunlarda qabul qilish, o‘ylaymanki, milliy davlatchilik an’analarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib ish bo‘ladi.”-deb aytib o‘tgan edi.

Shuningdek Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha kengash tarkibi tasdiqlandi. 20 may kuni Qonunchilik palatasi majlislar zalida parlament palatalari Kengashining konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

majlisda Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha komissiya tarkibi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy komissiya tarkibi quyidagicha etib belgilangan:

Akmal Saidov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, yu.f.d., professor, akademik, komissiya raisi;

Murat Kamalov – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari;

Qutbiddin Burxonov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi, komissiya raisi o‘rinbosari;

Aktam Xaitov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, fraksiya rahbari, O‘zLiDeP raisi, iqtisod fanlari nomzodi, komissiya raisi o‘rinbosari;

Alisher Qodirov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, fraksiya rahbari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi, komissiya raisi o‘rinbosari;

Odiljon Tojiev – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, komissiya matbuot kotibi.

Konstitutsiyaviy komissiya tarkibiga kiritilgan senat a’zolari

Baxtigul Bo‘taeva – Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, senator, Surxondaryo viloyati;

komissiya tarkibida jami 46 nafar a’zo bo‘lib, shundan 10 nafari ayol kishi. Qonunchilik palatasi deputatlaridan 22 Senatdan 19 nafar a’zo jalb qilingan.

Jamoatchilikdan takliflarni qabul qilish uchun 24- may kuni Jamiyat isloxotlar tashabbuskori bosh g‘oyasi asosida “maxsus axborot platformasi” ish boshladi.

26- may kuni “www.Mening konstitutsiyam.uz.” onlayn platformasi, telegram maxsus boti va 1341-qisqa raqamli kol-markazi ish boshladi.

Xalqimiz tomonidan 12 352 ta takliflar kelib tushdi. Unda

-sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish

-Ta’limni rivojlantirish

-ijtimoiy ximoyani kuchaytirish

-Ekalogiyaga ustivor axamiyat qaratish

-Hususiy mulk ximoyasini muxofaza qilish

-Korrupsiyaga karshi kurashish masalarida konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirishga doir normalar aks ettirilishini istashayotganliklarni ochiq bayon qilmoqda.

Shuningdek 26 may kuni mazkur komissiyaning birinchi tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib, o‘tdi va komissiya xuzurida ishchi guruhlar tuzilib vazifalar taksimlab olindi.

Eslatib o‘tamiz xozirda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiyaga faol fuqarolarimiz tomonidan o‘zlarining takliflarini www.meningkonstitutsiyam.uz onlayn platformasi [email protected] yoki  [email protected]  elektron pochta manzillari, telegram messenjerining maxsus boti  (@meningkonstitutsiyam_bot), shuningdek 1341 qisqa raqamli «Koll-markaz»lari orqali yuborishlari mumkin.

Barchangizni ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishlaringizni so‘rab qolamiz.

Termiz shahar Adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti

Nazarov Voxid Rahmonberdievich