January 23, 2023

2023 yil 30 apreldan eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi necha kun ekanligini bilasizmi!

Amaldagi mehnat kodeksining 134-moddasida esa “Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi.” deb ko‘rsatib o‘tilgan.

2022 yil 28 oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga asosan mehnat ta’tili bo‘yicha bir qancha imtiyozlar kiritildi.

Ushbu kodeksning 217-moddasiga asosan 2023 yil 30 aprelidan “Har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi” deb belgilandi.

Shuningdek, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi.

Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi.

Eslatib o‘tamiz, yangi mehnat kodeksi 2023 yil 30 aprel sanasidan qonuniy kuchga kiradi.

Termiz shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti Voxid Nazarov