Huquqiy targ'ibot
2021 yil 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son Qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab Respublikaning hamma tuman (shahar)larida hududiy Adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari o‘z faoliyatlarini boshladi va davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumot va jarayonlarni elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish imkonini beruvchi "E-huquqshunos" elektron tizimi joriy etildi.
Navbatdagi manzilimiz Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bulimi.
Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bulimida Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi huzuridagi Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsultlari V.R.Nazarov hamda S.Sayfiddinovlar tomonidan "E-huquqshunos" elektron tizimi quyidagi imkoniyatlarlari tushuntirildi:
- Jumladan, lektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish;
- elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Markazlarga yuborish;
- Markazlarning mas’ul xodimlari tomonidan, tegishli xulosa tayyorlash, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda o‘zaro hujjat almashish;
- elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan Markazlardan ijobiy xulosa olinganidan so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va elektron tarzda qabul qilish hamda ushbu hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlash;
- davlat tashkiloti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tizimga biriktirish, ularni tahrir qilish, takliflarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash hamda yuborish;
- targ‘ibot tadbirlari bilan bog‘liq materiallarni elektron tizim orqali almashish;
- davlat tashkilotlariga talabnoma, sudlarga ariza yoki da’vo arizalarini kiritish uchun ularning loyihalarini tayyorlash, tahrir qilish va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab kiritish;
- yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga nisbatan o‘tkaziladigan tekshirishlarda masofaviy tarzda ishtirok etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berish;
- Markazlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan murojaatlarni o‘rganib chiqish va ularga asoslantirilgan javoblar yuborishda ishtirok etish.
Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bulimi xodimlari bilan uchrashuvda Davlat organi va tashkilotidan kelib tushgan yuridik tusdagi hujjatlar Markazlar tomonidan ko‘pi bilan uch ish kunida ko‘rib chiqilishi belgilanganligi haqidagi qaror talablari yetkazildi.
Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi huzuridagi