Savol bering javob beramiz!
Fuqaro A. Termiz shahar XTB tassarrufidagi 2-sonli o'rta maktabning o'qituvchisi lavozimida ishlaydi, u 2021 yil 15 oktyabr` kuni Termiz shahar Xalq ta'limi bo'limi tassarrufidagi 2-sonli maktab direktorining 36-sonli buyrug'i bilan “tuqqunga qadar yetmish kalendar` kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar` kun jami 126 kun muddatiga homiladorlik va tug'ish ta'tili”ga chiqarilgan.
Biroq xodim A. Ushbu ta'til davrida Termiz shahridagi yangi tashkil etilgan Prezident maktabiga o'qituvchi bo'lib ishlash istagini bildirib murojaat qilgan va tanlovdan o'tib ishga qabul qilingan.
Bu haqda Termiz shahar XTB tassarrufidagi 2-sonli maktab rahbariyatiga murojaat qilgan va mehnat shartnomasini bekor qilib, mehnat daftarchasini berishni so'ragan. 2-sonli maktab rahbariyati ta'til davrida uni mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emasligini bildirib xodim A.ni ishdan bo'shatishni va mehnat daftarchasini berishni rad etgan. Maktab rahbariyatining harakatlariga huquqiy baho bering?
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasi 1 va 2 kismiga asosan hamda 99-moddasiga asosan “Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so'ng xodim ishni to'xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart.
Xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin.” Ushbu xolatda 2-maktab rahbariyati noqonuniy harakat qilgan.
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Nazarov Vohid Raxmonberdievich