QAROR IJROSI!
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18-mart kunidagi “yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”173-sonli qarori ijrosini ta’minlash va yangi tizimdan foydalanishdagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha simenar o‘tkazildi.
Simenarda Termiz shahar Xalq ta’limi tizimidagi 26-ta maktablarning direktorlari, ularning kadrlar bilan ishlash bo‘yicha menedjerilari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar tizimdan foydalanishda amaliyotda uchrayotgan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi, ularga yangi tizimning imkoniyatlari, jumladan pandemiya sharoitida ishlash, uy sharoitida ishlash imkoniyatlari mavjudligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi