April 6, 2022

Yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi e’tiborida!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2021 yil 8 oktabr kunidagi 12/2-1/16-12-1/3326-sonli topshirig‘ining 8-bandida “Yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka olgan fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish haqida Yuridik markazlarga vazifalar yuklatilgan.

Shu maqsadda Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 6 nafar Yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘z qaramog‘iga olgan sahovatpesha oilalardan bo‘lgan Xalikova Muxabbat Shadievna rahbarligidagi Termiz shahri Guliston mahallasida joylashgan Termiz shahar 2-sonli oilaviy bolalar uyiga borib, u yerda tarbiyalayotgan 6 nafar bolalar va ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularning muammolari bilan qiziqishdi.

Ulardan bir nafari huquqshunoslik yo‘nalishiga qiziqayotganligini e’tiborga olib, Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uni qo'shimcha dars (repetitor)ga yo'naltirishda amaliy yordam berishga kelishib olishdi.

Bundan tashqari ularning aksariyat qismi qiz bolalar ekanligi e’tiborga olinib, ularga joriy yilning 01 mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 81-sonli farmoni, 146-sonli qarori, 07 mart kuni kabul qilingan 87-sonli farmoni hamda 31 mart kuni qabul qilingan Vazirlar maxkamasining 145-sonli qarorlarni talablari ushbu huquqiy hujjatlar bilan xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

Muloqot jarayonida 2-sonli bolalar uyi bilan Termiz shahar yuridik markazi tomonidan doimiy muloqot olib borishga va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 09 avgust kunidagi 5215-sonli qarori ham yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yuridik xizmat ko‘rsatish bepul amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti

Nazarov Voxid Rahmonberdievich