Yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar Termiz shahar yuridik markazi e’tiborda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2021 yil 8 oktabr kunidagi 12/2-1/16-12-1/3326-sonli topshirig‘ining 8-bandida “Yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka olgan fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish haqida Yuridik markazlarga vazifalar yuklatilgan.
Shu maqsadda Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 6 nafar Yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘z qaramog‘iga olgan sahovatpesha oilalardan bo‘lgan Amonova Barno Berdievna Termiz shahar oilaviy bolalar uyi tashkil etib, bolalarning yashash sharoitini yaxshilash va yotoqxonalarini istish uchun gaz ta’minoti korxonasi bilan tuzilgan shartnomasiga yurist xulosasini olmaganligi uchun bir necha kundan buyon sarson bo‘lib yurganligi to‘g‘risida Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qildi.
Ushbu murojaatga asosan B.Amonovaning gaz ta’minoti bo‘yicha tuzgan shartnomasi yuzasidan yurist xulosasi berilib, murojaat ijobiy hal qilib berildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning “yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 09 avgust kunidagi 5215-sonli qarori ham yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yuridik xizmat ko‘rsatish bepul amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.