December 2, 2021

YETIM VA OTA-ONASI QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR YURIDIK MARKAZLAR E’TIBORDA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2021 yil 8 oktabr kunidagi 12/2-1/16-12-1/3326-sonli topshirig‘ining 8-bandida “Yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka olgan fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish haqida Yuridik markazlarga vazifalar yuklatilgan.

Shu maqsadda Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 5 nafar Yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni vasiylik va homiylikka olgan shaxslar bilan uchrashib, ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatishdi.

Jumladan, Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan otasi va onasi vafot etgan Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi (shaxsga oid ma’lumotlar o‘zgartilgan) 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi 2009 yil 27 dekabrda tug‘ilgan M.M. va uni vasiylikka olgan holasi M.F. bilan;

otasi va onasi vafot etgan Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi X.Z. va uni vasiylikka olgan akasi bilan;

otasi vafot etgan onasi pul topish maqsadida Rossiya federatsiyasiga ishlash uchun ketgan Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi 2005 yilda tug‘ilgan V.D. va uni vasiylikka olgan momosi B.Z bilan;

otasi vafot etgan Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi 2006 yilda tug‘ilgan B.S. va uni qaramog‘iga olgan onasi S.Sh. bilan;

otasi vafot etgan onasi pul topish maqsadida Rossiya federatsiyasiga ishlash uchun ketgan Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi 2006 yilda tug‘ilgan J.S. va uni qaramog‘iga olgan holasi M.M. bilan yaqindan suhbatlashib, huquqiy yordam ko‘rsatilib, ularning har biriga O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi hamda badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Shuningdek ularga Prezidentimizning “yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 09 avgust kunidagi 5215-sonli qarori hamda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 5216-sonli qarorlari hamda ushbu qarorlar asosida yaratilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Ushbu qarorlar bilan 2021 yil 15 avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning quyidagi tartibi o‘rnatildi:

o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo‘lgan bolalarga kvartiralar ko‘p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi;

o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha «Mehr daftari» tizimini hayotga tatbiq etish

Aynan ushbu qarorlar bilan yuridik xizmat ko‘rsatish bepul amalga oshirilishi belgilanganligi tushuntirildi.

Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti

Nazarov Voxid Rahmonberdievich