September 8, 2022
KUTUBXONACHILAR E’TIBORDA
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Termiz shahar xalq ta’limi bo‘limi tizimidagi umumta’lim maktablarda faoliyat yuritayotgan kutubxonachilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori talablariga asosan qo‘shimcha haq to‘lanmasdan kelinayotganligi monitoring asosida aniqlanib, ushbu 26 ta umumta’lim maktablarda faoliyat yuritayotgan 42 nafar kutubxonachilarga to‘lanmasdan kelingan 74 mln so‘m qo‘shimcha haqlari undirib berildi.
O‘z navbatchida kutubxonachi ushbu tashabbus va amaliy yordam uchun Adliya Vazirligi rahbariyati va xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.