3 YOSHGACHA BOLASI BOR AYOLNING ISH VAQTI MASALASIDA IMTIYOZLARNI BILASIZMI!
Budjet tashkilotidagi 3 yoshgacha bolasi bor ayolning ish vaqti masalasida .
Amaldagi MKning 228-1-moddasida shunday qoida bor:
➖3 yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Bu 5 kunlik ish xaftasi bo‘yicha ishlaydigan budjet tashkilotlarida kunlik 7 soatdan oshmaydigan ish vaqti deganidir. Ish vaqti bir soatga kamaytirilsada, lekin ish haqi kamaymaydi, shundayligicha qoladi (MK 116-modda). Axir bu yosh bolali ayollarga berilgan alohida imtiyozda.
Demak, bunday tashkilotlar yon-atrofga yaxshilab qarab olishlari lozim, 3 yoshgacha bo‘lgan bolasi bor ayollar har kuni necha soat ishlamoqda? Tabelda qanday ketmoqda?
Agar deylik 5 kunlik ish xaftasi davomida 8 soat ketayotgan bo‘lsa, demak, yuqoridagi norma talablari va ayol xodimning huquqlari qo‘pol ravishda buzilayotgan bo‘ladi.
Mazkur tartib yangi tahrirdagi Mehna kodeksi (397-moddasi)da va “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun
(34-moddasida) ham shundayligicha qolmoqda.
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi