December 3, 2021

KONSTITUTSIYA KUNI BAYRAMI ARAFASIDA TERMIZ SHAHRIDA KO‘RIK TANLOV O‘TKAZILDI.

O‘zbekiston xalqi:

inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida, o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.

Bunday purmano so‘zlar O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasining muqaddimasida bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi Oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, bironta qonun yoki normativ-huquqiy hujjatlar unga zid bo‘lishi mumkin emas.

Aholining huquqiy savodxonligi yanada oshirish hamda yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami munosabati bilan Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i v.b M.M.Turdiev, Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri O.N.Sadatov hamda Surxondaryo viloyati IIB Turizm boshqarmasi xodimi S.Kattaevalari tashabbusi bilan Termiz shahar umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida konstitutsiya bilimdoni ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda Termiz shaharidagi 26 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 50 dan ortiq o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.

Qizg‘in bahs munozalarga boy bo‘lgan ko‘rik tanlov 2-bosqichda, 1-bosqich test sinovlari hamda 2-bosqich savol javoblar tarzida tashkil etilib, har bir ishtirokchining adolatli tarzda baholanishi, ochiq va shaffosh tarzda o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar

Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar
Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar
Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar
Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar

Ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra,

1-o‘rin Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 1-sonli FMII o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi Orziqulova Ruxshona,

Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar

2-o‘rin Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 13-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi Qurbonov Asliddin,

Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar

3 ta 3-o‘rin Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 3-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi Itolmasov Sardor,

Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 18-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi Boymamatov Oybek,

Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi tassarrufidagi 15-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi Rajapov Shoxruxbeklar munosib deb topilib, ularning har biriga esdalik sovg‘alari sifatida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar

Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar
Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar
Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar
Ko‘rik tanlov jarayonidan fotolahalar

Ushbu ko‘rik tanlovni ko‘tarikki ruhda o‘tkazilishiga yordam qilgan Termiz shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Oltiboy Nazarovich Sadatovga va boshqa mutasaddilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Terzir shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti

Nazarov Voxid Raxmonberdievich

Termiz shahri 2021 yil