TOPSHIRIQ IJROSI!
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlariga “E-huquqshunos” tizimi orqali Termiz shahar tibbiyot birlashmasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-maydagi 257-son XDFU qarorida ko‘rsatilgan “byudjet tashkilotlari uchun 1 kv/soat elektr energiya narxi 800 soʻm etib belgilansin va byudjet tashkilotlari uchun 1 kv/soat elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining mazkur qaroriga muvofiq ish yuritilisin” – deb ko‘rsatilgan qaror talablarga rioya qilmagan holda tuzilgan shartnoma loyihasi kelib tushdi.
Jumladan, Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markaziga 2022 yil 11 avgust kuni Tibbiyot birlashmasi tomonidan elektr ta’minoti shartnomasi kelib tushdi va ushbu shartnomaning 2.2-bandi Tarif bo‘yicha 1 kv/soat elektr energiya narxi 450 soʻm etib belgilanganligi aniqlanib kamchiliklarni bartaraf etish uchun shartnoma loyihasi Termiz shahar Tibbiyot birlashmasiga qaytarildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Nazarov Voxid Rahmonberdiyevich