Qonunchilik targ'iboti
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va
tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5168-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2021 yil 18 oktyabr` kunidagi 12/2-1/16-12-1/3326-sonli topshirig'ida davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 12 ta davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilingan hujjatlar 2021 yil 01 oktyabrdan boshlab yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan xulosa olinishi ko'rsatilgan. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi hodimlari Termiz shahar Xalq ta'limi bo'limining mas'ullari bilan amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi.
"E-huquqshunos" tizimdan foydalanishda yuzaga kelayotgan ayrim savollarga joyiga yechim topish bo'yicha yaqindan hamkorlik qilindi. Amaliy mashg'ulotlar davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi PQ-5168-son qarori talablari Termiz shahar xalq ta'limi bo'limi xodimlariga yana bir bor yetkazilib, 2021 yil 01 oktyabrdan boshlab markaz tomonidan xulosa olinmasdan qabul qilingan hujjatlar yuridik kuchga ega emas deb topilishi tushuntirildi.
Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2021 yil 18 oktyabr` kunidagi 12/2-1/16-12-1/3326-sonli topshirig'ida davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 12 ta davlat organlari va tashkilotlari hamda uning quyi bo'g'inlari tomonidan qabul qilingan hujjatlar bo'yicha ham yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilishi bo'yicha tushuncha va yo'riqnomalar berildi.