September 28, 2022

IPOTEKA KREDITIDAN FOYDALANISHDA AHOLIGA QO‘SHIMCHA QULAYLIKLAR YARATILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2022-yildagi
PQ-377-son qarori bilan Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini yanada takomillashtirish va kengaytirish maqsadida quyidagi imtiyozlar yaratildi.

- 2023 yil 1 yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi. Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

- 2023 yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida begonalashtirilganda, mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

- 2022 yil 1 noyabrdan boshlab, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat berildi.

- 2021 yilda yangi tartib asosida ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli parametrlari doirasida berilgan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

5. Xalqaro moliya tashkilotlaridan Davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun jalb etilgan mablag‘lar hisobidan «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJga tijorat banklari tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 3 yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz to‘lovlarini har 6 oyda to‘lash sharti bilan 300 mlrd so‘mgacha byudjet ssudasini ajratiladi. Bunda, Kompaniya resurslarni tijorat banklariga 1 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda marja qo‘llagan holda joylashtiriladi.

2022-yil yakuniga qadar:

- uy-joylarni sotib olish va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish jarayonlarida fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida viloyatlar markazlarida Toshkent shahri tajribasi asosida ipoteka markazlarini tashkil etiladi.

ipoteka markazlarida hududda uy-joy qurilishini amalga oshirayotgan qurilish-pudrat (developer) tashkilotlarining sotuv ofislarini, tijorat banklarining bank burchagi va kassalarini hamda xususiy notarial idoralari joylashtiriladi.

Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi boshlig’i

3-darajali adliya maslahatchisi M.Turdiev