August 23, 2022

Davlat idoralarida lavozim-yo‘riqnomalarini tuzish majburiyligi belgilandi.

2022-yil 8-avgustda e’lon qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 35-moddasida shunday qoida belgilandi:

“Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi davlat fuqarolik xizmatchisining mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjatdir.

Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo‘riqnomasi davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi yoki qonunchilikda belgilanadi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasini imzolashdan oldin davlat fuqarolik xizmatchisi lavozim yo‘riqnomasi bilan imzo qo‘ydirib tanishtirilishi kerak”.

Ya’ni, 2022-yil 10-noyabrdan boshlab, davlat fuqarolik xizmatiga olinadigan xodimlar bo‘yicha alohida tartibda lavozim-yo‘riqnomasini tuzish majburiy bo‘ladi.

Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik

xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i

M.Turdiev