Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdor shaxslar ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin
Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Prezident tomonidan imzolangan Qonunga (O‘RQ–826, 27.03.2023 y.) asosan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi
✅ Jinoyat kodeksiga kiritilgan ko‘shimchaga ko‘ra:
📌 Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash ta’lim tashkiloti pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:
➖BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
➖3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
➖3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.