January 7, 2023
Bolani bir vaqtning o‘zida uchtagacha bog‘chaga navbatga qo‘yish mumkin
Qonunchilikka ko‘ra, ariza beruvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
🔹 so‘rovnomada maktabgacha ta’lim tashkilotining bola uchun to‘g‘ri keladigan yoshdagi bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lgan guruhini (yo‘llanma olish uchun) yoki bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lmagan guruhini (navbatga kiritilishi uchun) ko‘rsatish (tanlash);
🔹 bolani tug‘ilgan vaqtdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish;
🔹 bir vaqtda uchtagacha maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolani navbatga qo‘yish;
🔹 xato kiritilgan ma’lumotlarni tuzatish;
🔹 davlat xizmati ko‘rsatilayotgan har qanday bosqichda undan foydalanishni rad etish.
Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi
January 7, 2023, 07:38
0 reactions
0 views