Profilaktika inspektorlariga ekologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar beriladi.
Prezidentning 11.08.2022 yildagi «Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-189-son Farmoni qabul qilindi.
Ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlariga mahallalarda ekologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifa va vakolatlar beriladi:
- mahallalarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shuningdek, brakonerlikka qarshi kurashish;
- ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar hamda brakonerlikka qarshi kurashish bo‘yicha bevosita ma’muriy javobgarlikka tortish va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish.
Ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari, Patrul-post xizmati xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning 30%i miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.