August 30, 2022

Bosh hamshiralarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilidigan davlat organlari va tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyotini monitoring qilish jarayonida Termiz shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida Nizom”ning 231-bandiga asosan 8 nafar bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida jami 9 861 453 (to‘qqiz million sakkiz yuz oltmish bir ming to‘rt yuz ellik uch) so‘m qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan Termiz shahar tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi va bosh tibbiyot hamshiralariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berildi va xodimlarning huquqlari tiklanishiga erishildi.

Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko’rsatish

markazi boshlig’i 3-darajali adliya maslahatchisi

M.Turdiev