February 22, 2023

Yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi

“Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 16.02.2023 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko‘ra:

🔹 shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

🔹 tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari asosida amalga oshiriladi;

🔹 yo‘lkira haqini kunlik yig‘ish reja-topshirig‘ini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;

▶️ Yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich:

▫️2023 yil 15 apreldan – Toshkent shahrida;

▫️2024 yil 1 yanvardan – Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;

▫️2024 yil 1 iyundan – Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida ishga tushiriladi.

Termiz shahar adliya bo‘limi YuXKM boshlig‘i M.Turdiyev