Mualliflik huquqi qanday hollarda buzilgan hisoblanadi?
Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat ya’ni ko‘chirmachilik, madaniy o‘g‘rilik, ijod namunalaridan muallif ruxsatisiz tijorat yoki tijorat bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish kiradi. Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi.
💵Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquqlarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim.
❗️Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida (https://lex.uz/acts/-34642)”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.
❗️Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar, asarning kontrafakt nusxalari yo‘q qilib tashlanishi kerak.
Termiz shahar adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti S.Akramov