January 23, 2023
Ishsiz shaxslar qanday huquqlarga ega?
Qonunchilikka ko‘ra, ishdan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, uzoq (1 yildan ko‘p) tanaffusdan keyin ishni qayta boshlashni istagan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga:
✅ qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
✅ kasb o‘rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo‘shish;
✅ haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati ta’minlanadi.
Ish qidirayotganlarni ro‘yxatga olish, ishsiz deb e’tirof etish, ularga yordam ko‘rsatish, ishsizlik nafaqalarini to‘lash tuman (shahar) aholi bandliliga ko‘maklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi
January 23, 2023, 06:06
1 reaction
0 views