Hukumat qarori bilan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi (73-son 21.02.2023 y.)
☑️ Mazkur nizom davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasa (tashkilot)lar tomonidan sud ekspertizasi tadqiqotlari o‘tkazilishi tartibi va shartlarini belgilaydi.
❗️ Nizomga ko‘ra, quyidagi holatlarda sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish taqiqlanadi, jumladan:
🔸ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan qarindosh bo‘lganda;
🔸ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining rahbarlari, tarkibiy bo‘linma boshliqlari va ularning yaqin qarindoshlari bo‘lganda, bundan tadqiqotlar o‘tkazuvchi yagona tashkilot bo‘lgan holatlar mustasno.
muallif: Termiz shahar adliya bo‘limi YuXKM boshlig‘i M.Turdiyev