February 6

Alimentni to'laydigan ota (ona) ish joyio o'zgarganda MIBni xabardor qilishi kerak

Aliment ota (ona)ning shaxsan o'zi tomonidan to'lanadi yoki arizasiga ko'ra ish joyida, pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag' olayotgan joyida to'lanadi.

Aliment to'laydigan ota (ona) ishlaydigan ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot alimentni ularning daromadidan ushlab qolishi va bolaga yetkazishi kerak.

Aliment to'laydigan ota (ona) ish, o'qish, yashash joyi o'zgarganda bu haqida MIBni va aliment olayotgan shaxsni xabardor qilishi shart. Xabardor qilmasa javobgarlik kelib chiqadi.

Termiz shahar YXKM bosh yuriskonsulti -V.Nazarov