July 12, 2023

Daromad solig'i haqida bilasizmi?  

Daromad solig'ining soliq to'lovchilari – O'zbekiston Respublikasining rezidentlari va O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O'zbekiston Respublikasi norezidenti bo'lgan jismoniy shaxslardir.
O'zbekiston Respublikasining soliq rezidenti – tegishli maqomi o'ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko'proq muddat O'zbekiston Respublikasida haqiqatda bo'lgan jismoniy shaxs hisoblanadi.
Soliq solinadigan baza – soliq solish obʻektlarining o'rtacha yillik qoldiq qiymati (o'rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga ko'ra soliq solish obʻektlarining qoldiq qiymatlarini (o'rtacha yillik qiymatlarini) qo'shishdan olingan summaning o'n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq bazasi har bir soliq solish obʻekti bo'yicha alohida aniqlanadi.

Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:


1) mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlar;

2) mulkiy daromadlar;

3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;

4) boshqa daromadlar

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Behruz Sharipov