February 6

Suvni ifloslantirmang jarimasi bor !

Suvlarni ifloslantirish yoki bulg'atish, suvto'plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo'l qo'yish shartlari to'g'risidagi talablarni buzish:

fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming so'mdan 1 mln 700 ming so'mgacha);

mansabdor shaxslarga 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Termiz shahar YXKM bosh yuriskonsulti - T.Mo'minov