August 1, 2023

Munitsipal mulk nima?

Davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo‘ladi.Munitsipal mulk bo‘lgan mol-mulkni, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat hokimiyati mahalliy organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar.Munitsipal mulk bo‘lgan mol-mulk yuridik shaxslarga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo‘yilishi mumkin.Munitsipal mulk mahalliy budjetga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.Munitsipal mulk obyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin.

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Akramov Sanjar