QISHLOQ XO'JALIGI SOHASIDA YANGI ISLOHOTLAR BOSHLANDI.
Prezident tomonidan 10.06.2023 yildagi “Maʻmuriy islohotlar doirasida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-90 son Farmon imzolandi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga qonunchilik talablarini buzish holatlari bo'yicha maʻmuriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va maʻmuriy jazolarni qo'llash huquqi berilmoqda;
Inspeksiya tomonidan mulkchilik shaklidan qatʻi nazar qishloq xo'jaligi, meliorasiya va yo'l-qurilish texnikalaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari, istisno tariqasida, tekshiruvlarning "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro'yxatga olinmagan holda amalga oshiriladi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab eksport qilinadigan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigasiya) funksiyasi xususiy sektorga o'tkazilmoqda.
Qishloq xo'jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari;
Qishloq xo'jaligi vazirligi va uning tizimidagi boshqa tashkilotlarning tarkibiy tuzilmasi;
vazirlik va uning tizimidagi xodimlarni moddiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha choralar;
12 ta asosiy yo'nalish bo'yicha 42 ta banddan iborat qishloq xo'jaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformasiya qilish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlanmoqda.
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - D. Shukurov