February 6

Ayrim onalarga soliq imtiyozi qo'llaniladi.

Qonunchilikka ko'ra, ikki va undan ortiq 16 yoshga to'lmagan bolalari bor yolg'iz onalarning mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so'm) daromadlari soliq solishdan ozod etilishi belgilangan.

Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotnoma asosida beriladi.

Termiz shahar YXKM bosh yuriskonsulti - S.Akramov