July 6, 2023

Yo'lovchilarning o'zi bilan yosh bola olib yurganda yo'lovchi poyezdlarida haq to'lash tartibi:

Yo'lovchi o'zi bilan birga yo'lovchi tashish poezdida yo'l haqi to'lamasdan 5 yoshgacha (jo'nash vaqtiga yoshi to'lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo'l haqi to'lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.

Yo'lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha bolalar ketayotgan bo'lsa, ulardan biri yo'l haqi to'lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.

5 yoshdan 10 yoshgacha bolalarga ham tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.

10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Toshmurod Mo'minov