Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan huquq va majburiyatlar:
Yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga aʻzolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo'lmasa;
hayotga yoki sog'liqqa etkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi;
aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar;
mehnat va ijtimoiy taʻminot to'g'risidagi qonun hujjatlari asosida pensiya, nafaqa va boshqa to'lovlar olish huquqi;
mulkiy huquqlar bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi.
Meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxo'rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.
Termiz shahar yuridik ximat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Behruz Sharipov