January 6, 2024

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibini bilasizmi?

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar 16 yoshga to‘lgan shaxs pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar:
“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq;
sudning hal qiluv qarori asosida;
agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa;
agar familiya va ism millatiga to‘g‘ri kelmasa;
xohishiga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa;
bolalarning ota yoki ona bilan bir xil familiyada bo‘lish, onasining nikohgacha bo‘lgan familiyasida bo‘lish, o‘gay otaning yoki vasiysining familiyasida bo‘lish istagi paydo bo‘lganda;
16 yoshga to‘lgan shaxsga otalikni belgilashda ko‘rib chiqiladi.

Muallif: Termiz shahar FHDY bo'limi 2-toifali inspektori - Fayzullayeva Malika