July 6, 2023

 Mehnat kodeksiga ko'ra, ish haqi milliy valyutada (so'mda) to'lanadi.

Mehnat kodeksiga ko'ra, ish haqi milliy valyutada (so'mda) to'lanadi.

Ish haqini qarz majburiyatlari, tilxatlar, kuponlar tarzida to'lash taqiqlanadi.

Mehnatga natura shaklida haq to'lash taqiqlanadi, bundan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.

Xodimga ish haqini to'lash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi.

Xodimning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta bo'limlari orqali to'lashga yo'l qo'yilib, ularning xizmatlari uchun ish beruvchining hisobidan haq to'lanadi.

Agar xodim ish haqi to'lanadigan kuni ish beruvchining topshirig'ini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida bo'lsa va boshqalar) bajarayotgan bo'lsa, xodimning iltimosiga ko'ra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini o'z hisobidan yuborishi yoki xodimning ishonchli shaxsiga to'lashi shart.

Termiz shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i - Mansur Turdiyev