July 13, 2023

Meros ochilishi tartibi qanday?

Meros fuqaroning o'limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb eʻlon qilinishi oqibatida ochiladi.
Meros qoldiruvchining o'lgan kuni u vafot etgan deb eʻlon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko'rsatilgan bo'lmasa, vafot etgan deb eʻlon qilish to'g'risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli bo'lgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma to'rt soat) ichida vafot etgan bo'lsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxo'rlari vorislikka chaqiriladilar.

Termiz shahar yuridik ximat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Vohid Nazarov