July 11, 2023

Ijtimoiy himoya yagona reestri nima


18 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa, bola 3 yoshga to'lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam taʻminlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo'yicha qo'shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensasiyani tayinlash «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlanadi.

«Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida kam taʻminlangan oila sifatida ro'yxatga olingan oilalarga quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bepul yoki imtiyozli shartlarda ko'rsatiladi.

Ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro'yxatiga quyidagilar kiradi:
davlat maktabgacha taʻlim muassasalarida ota-onalar to'lovidan ozod etish;
maktabgacha taʻlim muassasalarida o'rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to'lovini to'lash;
umumiy o'rta taʻlim maktablarida darsliklar ijara to'lovlaridan ozod etish;
umumiy o'rta taʻlim maktablari o'quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish;
ayrim fanlarni o'qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta maktablar o'quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;
sanʻat maktablari, musiqa maktablari, «Barkamol avlod» markazlari va boshqa maktabdan tashqari taʻlim muassasalarida o'qish xarajatlaridan ozod etish;
kam taʻminlangan oilalarning nogironligi bo'lgan aʻzolarini protez — ortopediya moslamalari bilan taʻminlash;
ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha yo'llanma (order) olish.
2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyida nazarda tutilgan hujjatlar va maʻlumotlar fuqarolardan talab etilishiga yo'l qo'yilmaydi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, xo'jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subʻektlaridan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi maʻlumotlarni yoki hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.

Termiz shahar yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Toshmurod Mo`minov