February 6, 2024

Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi berilishi joriy etilgan.

Qonunchilikka ko'ra, kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi berilishi joriy etilgan.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha etib belgilangan:

3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming so'm;

3 yoshgacha bo'lgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming so'm;

oilaning ikkinchi farzandi uchun qo'shimcha – 150 ming so'm;

oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so'mdan.

Shuningdek, yolg'iz fuqarolarga, farzandi bo'lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo'lgan kam ta'minlangan oilalarga oylik 380 ming so'm moddiy yordam tayinlanadi.

Ma'lumot uchun: bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha to'lanadi.

Termiz shahar YXKM bosh yuriskonsulti -V.Nazarov