July 13, 2023

Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga doimiy o‘tkazish tartibi qanday?


Ish beruvchi bo‘sh (vakant) ish o‘rni mavjud bo‘lgan taqdirda, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini istisno etadigan, sog‘lig‘ining holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan ishga doimiy o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni uning roziligi bilan shunday ishga o‘tkazishi shart.
Xodim ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan boshqa ishga o‘tkazilishni rad etgan taqdirda, shuningdek agar ish beruvchida xodim sog‘lig‘i holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ish bo‘lmasa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim sog‘lig‘i holati bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazilishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganligi munosabati bilan xodimga ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan hamda va 100-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etilgan holda bekor qilinishi mumkin.

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Toshmurod Mo'minov