PEDAGOGLAR UCHUN MEHNAT TA’TILI DAVOMIYLIGI ME’YORLARI TASDIQLANDI.
Vazirlar Mahkamasining 26.06.2023 yildagi “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 263-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, sport, professional ta’lim muassasalari hamda oliygohlarning pedagog xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari belgilanmoqda. Umumta’lim maktab muassasalari o`qituvchilari uchun uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi 56 kalendar kunni tashkil etadi. Uzaytirilgan mehnat ta’tillari uchun haq to`lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi. Ma’lumot uchun: Mehnat kodeksiga ko`ra, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.
Termiz shahar yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti T. Mo`minov