Ish stajiga ega bo'lmagan shaxslarga beriladigan nafaqalar:
Yoshga doir nafaqa ish staji bo'lmagan yoki pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo'lmagan shaxslarga tayinlanadi.
erkaklarga — 65 yoshga etganlarida;
ayollarga — 60 yoshga etganlarida;
bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandi bor onalarga – 55 yoshga etganlarida tayinlanadi.
Bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandi bor (bo'lgan) onalarga yoshga doir nafaqa farzandi nogironligi bo'lgan deb eʻtirof etilganligi to'g'risida Tibbiy — ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironlik to'g'risidagi maʻlumotnomasi bilan tasdiqlangan taqdirda tayinlanadi.
Nafaqa davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilinganida Pensiya jamg'armasining bo'limi tomonidan tayinlanadi.
Nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Yoshga doir nafaqa tayinlashni so'rab belgilangan yoshga to'lgandan so'ng 60 kun ichida, nafaqa uni olish huquqi paydo bo'lgan kundan eʻtiboran tayinlanadi.
Nafaqalarni to'lash har oyda Pensiya jamg'armasi bo'limlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy to'lov oyidan kechikmay amalga oshiriladi.
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - V. Nazarov