July 6, 2023

YaTT TOMONIDAN TO'LANADIGAN IJTIMOIY SOLIQ MIQDORI KAMAYTIRILMOQDA  

Prezident tomonidan 16.06.2023 yildagi “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o'zgartishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida”gi O'RQ-847-son Qonun imzolandi.

YaTT bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan jismoniy shaxslar uchun to'lanishi lozim bo'lgan har yilgi ijtimoiy soliq summasining mikdori yiliga BHMning 6 baravaridan 1 baravarigacha miqdorga kamaytirilmoqda (savdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan YaTTlardan tashqari).

Endilikda shaxsiy tomorqa er uchastkalarida band bo'lgan yoki mazkur maydonda:

chorvachilik;
issiqxona xo'jaligi;
parrandachilik;
quyonchilik;
asalarichilik, baliqchilik;
bog'dorchilik;
limonchilik;
gulchilik bilan shug'ullanayotgan shaxsiy tomorqa er uchastkalarining egalari yoki ularning oila aʻzolari bo'lgan fuqarolar tomonidan (ularga tegishli tomorqa er uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qatʻi nazar) mehnat stajini hisoblash uchun ixtiyoriy tarzda ijtimoiy soliq to'lashlari mumkin.

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsuli - Sanjar Akramov