July 31, 2023

Termiz shahar maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi bo'limida korrupsiyaning oldini olishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 28-iyul kuni Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tashabbusi bilan Termiz shahridagi 26-maktabda shahar maktabgacha ta'im va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, maktab va bog'cha direktorlari va shahar bandlik va kambag'allikni qisqartish xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda maktab va bog'chalarda sodir etilishi mumkin bo'lgan korrupsiyaviy jinoyatlar va ularning oldini olish chora-tadbirlari xususida so'z ketdi. Shuningdek, tadbirda yangi o'quv yilida xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini rasmiylashtirishda mehnat qonunchiligini qo'llash borasida tushuntirishlar berildi. Tadbir so'ngida tashkilot kadr rahbarlari o'zlarini qiziqtirgan dolzarb savollarini berdi va yuridik markaz xodimlari qonunchilikkka asoslangan javoblarini berishdi.