July 6, 2023

TЕLЕKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA DAVLAT BOJI MIQDORLARI O'ZGARDI.


Prezident tomonidan 14.06.2023 yildagi “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining “Davlat boji to'g'risida”gi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-846-son Qonun imzolandi.

O'zgartirishlar 06.01.2020 yildagi “Davlat boji to'g'risida”gi O'RQ-600-son Qonunga Ilovaga kiritilmoqda.

Chunonchi, 33-band “Faoliyatning ayrim turlarini O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan lisenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji” “e1”-kichik band bilan to'ldirildi – uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko'chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko'rsatish. Ushbu faoliyat turini lisenziyalash uchun davlat boji BHMning 25 000 baravarini tashkil etadi.

Quyidagi faoliyat turlari uchun boj ikki baravarga kamaytirildi:

teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko'rsatish;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko'rsatish.

Bunda mazkur faoliyat turlari uchun navbatdagi har yilgi davlat bojini har chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar kelgusi chorak uchun teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lashga yo'l qo'yiladi.

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - B. Sharipov