Hech bir bola otasidan erta yetim qolmasin yoxud yetimning haqqi o‘zida qoldi
S.S. endigina 30 yoshga to‘lganida taqdir taqozasi bilan uning turmush o‘rtog‘i vafot etdi. Farzandlarning tarbiyasi va ularni boqib katta qilish yolg‘iz onaning zimmasiga tushdi. Ona ham yugurib yelib bir ilojini qilib pochta bo‘limiga xat tashuvchi vazifasiga ishga joylashdi. Shundan so‘ng, ona farzandi M.S.ning bir necha yillar davomida navbati kelganidan so‘ng, Termiz shahridagi 5-sonli bolalar bog‘chasiga tarbiyalanuvchilar safiga berdi. Endi bog‘chaning to‘lovlarini to‘lash uchun oylikdan ortirish qiyin bo‘lib qoldi, ro‘zg‘or bu g‘or degani xech to‘ldirib bo‘lmaydi, qolaversa bog‘chaga borganidan so‘ng bir necha oydan keyin bog‘cha to‘lovlarini ham to‘lash imkoniyati bo‘lmay qoldi. Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 23-iyul kuni shaharning “Gulira’no” mahallasida tasdiqlangan rejaga asosan sayyor qabul o‘tkazilayotganida mahallaning xatlarini olib kelgan S.S. ham farzandini bog‘cha to‘lovlaridan ozod qilish masalasida murojaat qildi. Ushbu masala adliya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganilib, 2025-yilning 1-avgust kunidan boshlab 2-guruh tarbiyalanuvchisi M.S maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasining 257-8-117DMM/2025-sonli buyrug‘i bilan muddatsiz vaqtga ta’lim tashkiloti to‘lovlaridan ozod qilishga erishildi. Ona ortirgan mablag‘ini farzandining haqqiga ishlatadigan bo‘ldi.
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/surxondaryoadliya