Otgul va boshqa dam olish kunini nima farqi bor?
“Otgul” tushunchasi MK 469-moddasida qoʼllanilgan hamda vaxta usulida ishlashda mehnat va dam olish rejimiga tegishli.
MK 469-moddasiga ko’ra (Vaxta usulida ishlash chog‘ida mehnat va dam olish rejimlari), hisobga olish davri doirasida ish vaqti va dam olish vaqti ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan va amalga kiritilguniga qadar ikki oydan kechiktirmay xodimlar e’tiboriga yetkaziladigan jadval bilan tartibga solinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jadvalda quyidagilar nazarda tutiladi:
… vaxta oralig‘idagi dam olish vaqti, bunga jadvalda nazarda tutilgan ish vaqti normasidan ortiq ishlaganlik uchun otgul kunlari va bu davrga to‘g‘ri keladigan dam olish kunlari kiradi. Otgul kunlari soni xodimning vaxtada bo‘lgan davrida jadvalga muvofiq ortiqcha ishlangan umumiy soatlar sonini ish kuni davomiyligining belgilangan normasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Otgul va boshqa dam olish kunini nima farqi bor?
❌ Boshqa dam olish kuni uchun haq to’lanmaydi. Dam olish yoki bayram kunidagi ishlarni kompensatsiya qilish maqsadida “boshqa dam olish kuni” tushunchasi qoʼllaniladi. MK 263-moddasi 3-qismiga ko’ra, dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko‘ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin, bunday ish uchun kamida bir hissa miqdorida haq toʼlanadi, dam olish kuni uchun esa haq toʼlanmaydi.
✅ Otgul uchun esa haq to’lanadi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 636-son qaroriga ilova “Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli to‘g‘risida”gi Nizom 36-bandiga ko’ra, agar xodimga ishlangan vaqt uchun haq to‘lanadigan dam olish kunlari (otgullar), shuningdek, ishdan bo‘shayotganida otgullar uchun kompensatsiya taqdim etiladigan bo‘lsa, otgul kunlari uchun to‘lovlar oylik ish haqini hisob-kitob qilishda hisobga olinadi.
Termiz shahar yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti - V. Nazarov