August 1, 2023

Umumiy va maxsus da'vo muddatlari:

Da’vo muddati — shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir.

Umumiy da’vo muddati — uch yil.

Ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin.

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Akramov Sanjar